|
|
Vikipediya:Tezda yoʻqotish
Baʼzi hollarda administratorlar biror Vikipediya maqolasini izohsiz yoʻqotishlari mumkin; bu tezda yoʻqotish deyiladi. Quyida shunday hollar keltirilgan.
Yoʻqotilishi kerak maqolaga {{delete}} shabloni qoʻyiladi va munozara sahifasida maqola muallifining izoh kutiladi.
[tahrir] Asosiy maqolalar
- Bemaʼnilik, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan: asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb).
- Tekshirish, yaʼni tahrirlashni oʻrganish maqsadidagi matnlar. Buning uchun maxsus sahifa bor.
- Bezorilik.
- Avval yoʻqotilgan maqolaning nusxasi. Xatolik oqibatida yoʻqotilgan maqolani tiklash maqsadida yaratilgan maqolalardan tashqari.
- Maqola muallifining oʻzi uning yoʻqotilishini istasa, bu holda maqola bir kishi tomonidan yozilgan boʻlishi va yoʻqotish sababi koʻrsatilishi kerak.
- Koʻchirsh maqsadida yoʻqotish.
- Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqolalar, masalan: "Xoʻjand yaxshi shahar" (va boshqa hech nima yoʻq). Chala maqolalar bu toifaga kirmaydi.
- Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa.
- Faqatgina ishoratlardan iborat maqolalar.
- Keng ommaga mashhur boʻlmagan shaxslar, tashkilotlar haqidagi maqolalar, masalan: "Eshmat Toshmatov - universtiet 1-kurs talabasi, 1990 yilda tugʻilgan" va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.
- Koʻchirmachilik, masalan, biror bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyish.
[tahrir] Yoʻnaltirishlar
Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.
- Mavjud boʻlmagan maqolaga yoʻnaltirish.
- Boshqa boʻlimga yoki maqola sohasiga yoʻnaltirish, masalan, qandaydir maqoladan en:some articlega, yoki qandaydir odamdan Foydalanuvchi:qandaydir odamga.
- Litsenziyasi nomaʼlum tasvirlar.
- Vikiomborda mavjud tasvirlar.
[tahrir] Kategoriyalar
- Boʻsh kategoriyalar.
- Nomi imlo xatosi bilan yozilgan kategoriyalar.
[tahrir] Foydalanuvchi sahifalari
- Foydalanuvchi iltimosi bilan. Faqatgina ostsahifalar uchun.
- Anonim foydalanuvchilar sahifasi va ularning munozara sahifalari. Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.
|