|
asboblar (ʻ ʼ)Boshqa tillarda
|
Vikipediya:Dars
[tahrir] Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo!Bu yerda Vikipediyadagi sahifalarni qanday tahrirlash (oʻzgartirish) mumkinligini oʻrganishingiz mumkin. Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan siz ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib? [tahrir] Ilk qadamQoralama sahifasini ochib, tahrir tugmasini bosing. Bunda Tahrirlash sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi Saqla tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi. [tahrir] Koʻrib chiqishSaqla tugmasining yonida Koʻrib chiqish tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: Koʻrib chiqish tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi. [tahrir] Oʻzgarganlarni koʻrsatKoʻrib chiqish tugmasi yonida Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi. [tahrir] Qisqa tavsifSaqla tugmasini bosishdan avval Qisqa tavsif maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, "xatoni tuzatdim", "yangi axborot qoʻshdim" va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi. [tahrir] Matn ustida ishlashKiritayotganingiz matn ustida turli amallar bajarish mumkin. [tahrir] Qalin va kursivYozayotgan matningizni qalin yoki kursiv qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.
[tahrir] Sarlavha va ostsarlavhaSarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.
[tahrir] Tasvirlar qoʻyishSuratlar ishlatish orqali maqolada gap ketayotgan obyekt haqida oʻquvchida kengroq taassurot qoldirish mumkin. Tasvir qoʻyish quyidagicha amalga oshiriladi: [[Tasvir:Misol.jpg|150px|thumb|right|Tasvir namunasi]] Natijada sahifaning oʻng tomonida tasvir paydo boʻladi. Bu yerda "misol.jpg" - fayl nomi, "150px" - tasvirning piksellardagi kattaligi, "thumb" - tasvirning kichik shakli (thumbnail), "right" - tasvir joylashadigan sahifa qismi (bu yerda oʻng tomon), "Tasvir namunasi" - tasvirga izoh. [tahrir] IshoratlarOʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ikkitadan kvadrat qavs ishlatiladi:
Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq "|" yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:
[tahrir] Tashqi ishoratlarAgarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan bittadan kvadrat qavs bilan yoping:
Shuningdek qarang: Manbalarga ishoratlar [tahrir] XotimaMana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida soʻrashingiz mumkin. |