|
asboblar (ʻ ʼ)Boshqa tillarda
|
Mualliflik huquqiMualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz "koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq"dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli bo'ladi. Mualliflik huquqi belgisi "©" boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin. Mualliflik huquqi "asarlarning" keng turdagi kreativ,intellektual, artistik shakllarida namoyon bo'lishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va ba'zi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni ba'zi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega bo'lishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki ma'lumotning "material(moddiy)" ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos bo'lgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan o'sha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika,kiyinishiga nisbatan bo'lib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida mul'tqahramon yaratishdan cheklab qo'ymaydi. Ba'zi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilinga asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruhsat beriladi. Mualliflik huquqlari ba'zi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan bo'lib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar a'zolaridan talab qilinadi.
[tahrir] TarixiMualliflik huquqi bosma mashina ishlab chiqilib, jamoat orasida ko'proq o'qiy oladigan insonlar ko'paymagunicha paydo bo'lmagan. Huquqiy konseptsiya sifatida mualliflik huquqi tarixi o'n sakkizinchi asrda bosmahonalar monopoliyasiga qarshi Britaniyada bo'lib o'tgan harakatga borib taqaladi. Angliya qiroli Charlz II tartibga solinmagan kitob nusxa qilinishidan havotirga tushib, o'z qirollik kuchidan foydalanib 1662 yilda Litsenziyalash Qonuni (Licensing Act) kuchga kiritadi. Anna Qonuni (The Statute of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni bo'lib, bosmahonalarga ma'lum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soluvchi huquqiy konseptsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada o'z ta'sirini o'tkaza oladigan huquq sohasiga aylandi. [tahrir] Bern Konvensiyasi1886 yilgi Bern Konvensiyasi dastlab suveren millatlar orasida o'zaro mualliflik huquqlarini tan olish uchun paydo bo'lgan edi. Bern Konvensiyasiga ko'ra, kretiv asarlar tan olinishi yoki e'lon qilinishi shart emas, chunki, ular paydo bo'lishi bilan avtomatik tarzda mualliflik huquqi himoyasi ostiga o'tishadi. Muallif Bern Konvensiyasiga a'zo davlatlar miqyosida o'z mualliflik huquqlari uchun ro'yhatdan o'tishiga hojat yo'q. Uning asari biror bir moddiy manbada muhrlangan (qog'ozga, diskka, toshga, rasmga va h.klarga yozilgan/olingan) ekan, muallif o'z asari va undan yaratiladigan barcha asarlarga (derivative works) avtomatik tarzda huquqlarga ega bo'ladi. Bu huquqlar mualliflik huquqi muddatining tugashi yoki muallifning o'z roziligiga ko'ra o'zgartilishi, tugatilishi mumkin. Bern Konvensiyasining qabul qilinishi yana, chet el mualliflarining mahalliy mualliflar bilan o'zaro teng huquqlarga ega bo'lishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasi Bern Konvensiyasini 2005 yil 19 aprelda imzoladi. Birlashgan Qirollik Konvensiyani 1887 yilda imzolagan bo'lsada, uning kuchga kiritilishi 1988 yilda, deyarli yuz yil o'tgach Mualliflar huquqi, Dizayn va Patent Qonuni (Copyright, Designs and Patents Act of 1988) ning qabul qilinishi bilan birga amalga oshdi. AQSH Konvensiyani 1989 yilda imzoladi. Bern Konvensiyasi qoidalarining Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS shartnomasiga inkorporatsiya qilinganligi uni amalda butun dunyo bo'ylab keng tarqalishiga olib keldi. [tahrir] Mualliflik huquqlarini paydo bo'lishi va ularning himoyasiOdatda, mualliflik huquqiga da'vo qilish uchun asar ba'zi minimal originallik talablariga javob berishi kerak va ushbu huquq ma'lum vaqt o'tgach yo'qoladi. Har xil davlatlar turli talablar qo'ysada, umuman olganda talablar judayam kam: Birlashgan Qirollikda asarga ozgina "qobiliyat, ish kuchi va qaror[sic]" sarflangan bo'lishi kerak. [tahrir] Shuningdek
|