o‘zgarishlar / ўзгаришлар

George Orwell

George Orwell

Tavallud sanasi: 25 iyun, 1903
Vafot sanasi: 21 yanvar, 1950
Kasb: Yozuvchi, publitsist


George Orwell (Jorj Oruell, haqiqiy ismi Eric Arthur Blair; 25 iyun 1903 — 21 yanvar 1950), ingliz yozuvchisi va publitsist.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

Motihari (Hindiston)da, britaniyalik savdo agenti oilasida tavallud topgan. Oruell avliyo Kiprian maktabida tahsil olgan, 1917-yili shunday nomli stipendiyaga sazovor boʻladi va 1921-yilgacha Iton kollejida oʻqiydi. 1922-yildan 1927-yilgacha Birmada kolonial politsiyada hizmat qiladi, soʻng ancha vaqt Buyuk Britaniya va Yevropada yashaydi. Oʻsha paytda u badiiy nasr va publitsistikani yozishni boshlaydi. 1935-yildan "Jorj Oruell" taxallusi ostida ijod qiladi. 1937-yili Ispaniyada Frankoning fashistik tuzumiga qarshi urushda qatnashadi. Ijtimoiy va madaniy harakterdagi koʻpgina esse va maqolalar yozgan. Ikkinchi Jahon Urushi davrida BBCda antifashistik koʻrsatuvni olib borgan.

[tahrir] Ijodi

"Mollar hovlisi" (1945) satirasida qoʻzgʻoloniy prinsiplar va dasturlarning qayta tugʻilishini koʻrsatgan: "Mollar hovlisi" - Rossiyadagi 1917-yil qoʻzgʻolonining yilnomasidir.

Antiutopiyaviy roman "1984" "Mollar hovlisi"ning davomi boʻldi. Oruell kelajakdagi dunyo jamiyatini totalitar ierarxik tuzum qilib tasvirlaydi. Bu tuzum oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyati boʻlib, u umumiy qoʻrqinch va nafrat bilan toʻla. Aynan shu kitobda mojaroviy mashhur "Katta aka seni kuzatmoqda" yozilgan, shuningdek, "ikkifikrlik", "fikriy jinoyat" kabi keng yoyilgan terminlar kiritilgan.

Jorj Oruell tuberkulyoz tufayli Londonda vafot etgan.

[tahrir] Qiziqarli faktlar

  • Oruellning ijodida koʻpchilik totalitar tuzumning satirasini ilgʻay olganlariga qaramay, yozuvchining oʻzini hukumat uzoq vaqt davomida kommunistlar bilan yaqin aloqada boʻlganligidan shubhalangan. 2007-yili yozuvchining shaxsiy ishi oydinlashtirilgandan keyin ma'lum boʻldiki, britan kontrrazvedkasi MI-5 1929-yildan boshlab, deyarli yozuvchining vafoti 1950-yilgacha izidan yurgan.

[tahrir] Havolalar


Linki sponsorowane Kredyty Tanie linie bielizna męska Panele suplementy folie okienne koszulki nocne Projektowanie Stron Podręczniki - Księgarnia winamp Super teksty muzyczne prezerwatywy RęcePrecz OdTybetu last minute kick koparki Bułgaria wczasy Karaoke tani kredyt hipoteczny COOLsurf