|
asboblar (ʻ ʼ)Boshqa tillarda
|
Buddizm
Budda haykali, Tayland.
Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan. [tahrir] Buddizm asoschisining shaxsiBuddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. [tahrir] TaʼlimotiBuddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.
2. Meditatsiya.
3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat. Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.
|